Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida qiymati 23,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 30,8 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,3 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya – 17,5 ming tonna;

Qozogʻiston – 9,6 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 2,9 ming tonna;

Tojikiston – 876,3 tonna;

Afgʻoniston – 12,0 tonna;

Ukraina – 5,4 tonna;

BAA – 1,3 tonna;

Germaniya – 0,4 tonna.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston aprel oyida qiymati 7,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 10,3 ming tonna pomidor eksport qilgan.