Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati 117,4 milion AQSH dollariga teng boʻlgan 1,6 million dona mobil telefon import qilgan.
Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 million donaga oshgan.
Oʻzbekiston 12 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
Oʻzbekiston mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 63 million;
Vyetnam – 41,4 million;
Xindiston – 5,9 million;
Qozogʻiston – 5,5 million;
BAA – 960 ming;
Germaniya – 647 ming;
Koreya – 60 ming;
Rossiya – 18 ming AQSH dollari.