Aslida agentlik tarixi 1918-yilga borib taqaladi. 1992-yil 5-fevraldagi Prezident Farmoniga asosan Oʻzbekiston Axborot agentligi (OʻzTAG) — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)ga aylantirilgan edi.

Axborot sohasidagi otaxon agentlik 100-yildan buyon yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini tezkorlik bilan yoritib kelmoqda va davlatning rasmiy “tili” sifatida oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, ushbu katta jamoani, OʻzAda bungacha ishlagan barcha ustozlar va jurnalistlarni 30 yillik yubiley bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

OʻzA har tomonlama rivojlanadi, sifati yanada oshadi, uzoq yillar xalqimizga chinakamiga foydasi tegadigan, sogʻlom axborot makonida oʻzining mustahkam oʻrniga ega boʻlgan Agentlik boʻlib qolaveradi.