“Dunyo“ AAning xabar berishicha, uchrashuvda Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yurtimizda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekistondan keng turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini BAA bozoriga eksport qilish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.
Oʻtkazilgan muzokaralar natijasida “Diamond hills” va “ECO garden foodstuff trading” kompaniyalari oʻrtasida Oʻzbekistondan quruq mevalarni eksport qilish boʻyicha shartnoma imzolandi.