Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilganining 25 yilligiga bagʻishlangan fotokoʻrgazma boʻlib oʻtmoqda

    350 ga yaqin fotografiyada ijodkorlar tevarak-atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga oʻziga xos nuqtayi nazar bilan nigoh tashlab, talqin etishgan.

    Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Fotorassomlar shoʻbasi” aʼzolari va havaskor fotograflarning Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilganining 25 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

    350 ga yaqin fotografiyada ijodkorlar tevarak-atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga oʻziga xos nuqtayi nazar bilan nigoh tashlab, talqin etishgan. Ayniqsa, havaskor fotorassomlarning aniq konsepsiya va mazmunga tayanib ijod qilganlarini kuzatish mumkin. Havaskorlar - E.Ishanxajayeva, M.Najibayev, V.Yaropovskaya, M.Aʼzam, Ya.Malaxov, I.Krivashev, N, Pavlenko, R.Granovskaya, A.Lenkov, R. Valiyev, A.Hasanova, S.Vorobyova, J.Shatalina ishglari tomoshabin diqqatini jalb eta oladi.

    Koʻrgazmaning asosiy qismini Oʻzbekiston BIU fotoshoʻba aʼzolari: R.Sharipov, V.Sokolov, V.Shlosberg, I.Sadikzode, V.Goncharenko,S.Kanaki, L.Ametov, Viktor An, S.Karandayev, B. Nedosekov, I.Shur, A.Korovin, Z.Roʻziqulov, Ye.Volodina, H.Ato, B.Alimxojayev, S.Dehqonov, M.M.Konstantinova,Z.Roʻziqulov, X.Rusudan asarlari tashkil etadi.

    Gulichehra DURDIYEVA,

    “YangiOʻzbekiston” muxbiri