XZK kotibiyati XZK Bosh Assambleyasining 2022 yil 28-30 noyabr kunlari o‘tkaziladigan yig‘ilishini inobatga olgan holda O‘zbekiston bayrog‘ini rasmiy ravishda ko‘tarish tantanali marosimini 2022-yil 1dekabr kuni tashkillashtirish taklifini ilgari surdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning XZKning to‘laqonli a'zosi sifatida qabul qilinishi haqida 2022-yilning iyun oyida Iordaniyaning Ummon shahrida o‘tkaziladigan XZKga a’zo mamlakatlar yalpi majlisida rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgust oyida Prezident «Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi bitimga (Jeneva, 2015-yil 9-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi qonunni imzolagan edi.
2021-yil 31-avgustda O‘zbekiston XZKning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Tashkilot 1956-yilgi zaytun moyi bo‘yicha xalqaro bitim negizida 1959-yilda tashkil etilgan. yevropa va Afrikaning 11 davlati uning asoschilariga aylangan: Belgiya, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Isroil, Liviya, Marokash, Tunis.
Bugungi kunda XZK zaytun moyi va zaytun ishlab chiqaruvchilarning 80 foizini va eksport qiluvchilarining 98 foizini birlashtiradi. MOK a’zolari soni 45 ta mamlakatga yetgan.
Xalqaro zaytun moyi kengashiga a’zolik hyech qanday yillik moliyaviy xarajatlarni nazarda tutmaydi, deb xabar beradi Qishloqi xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.