Oʻzbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yoʻnalishida hamkorlik qiladi

    Oʻzbekiston elchisi Raxmatulla Nazarov Belarus oʻrmon xoʻjaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi.

    “Dunyo“ AAning xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlat oʻrmon xoʻjaliklari va tegishli idoralar oʻrtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish va urugʻchilikda qator qoʻshma loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, Oʻzbekistonda ovchilik turizmini rivojlantirishni yoʻnalishida birgalikda ishlashga ikki tomon uchun manfaatli boʻlishi taʼkidlandi.

    Muloqot yakunida belgilangan masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun ikki tomon masʼullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.