Oʻzbekiston-Belarus delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 26 Oktabr 2023 1278

    Mamlakatimiz hukumati delegatsiyasining Bishkek shahriga tashrifi doirasida 25-oktyabr kuni “Ala-Archa” qarorgohida Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Galovchenko bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.

    Taʼkidlanganidek, koʻp qirrali aloqalar doʻstlik va sheriklik ruhida izchil rivojlanib bormoqda.

    Bunda Davlatlarimiz rahbarlari oʻrtasidagi ochiq va ishonchli muloqot muhim omil boʻlmoqda.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston tomoni ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning oʻninchi yigʻilishini va ikkinchi mintaqalararo forumini yil oxirigacha Toshkentda oʻtkazish taklif qilindi.

    Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda, oʻtgan yilda uning xajmi 42 foizga oʻsdi.

    Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyilgan.

    Uchrashuvda savdo-sotiq va korxonalarimiz oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq xoʻjaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha birgalikdagi say-harakatlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

    Eslatib oʻtamiz, shu yilning 25-26-oktyabr kunlari Qirgʻiz Respublikasi Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishlari boʻlib oʻtadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi mazkur yigʻilishlarda ishtirok etadi.