Oʻzbekiston va Panama hukumatlari nomidan hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi ikki mamlakatning doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Markov Consepsion Jaramillalar imzoladilar, deya xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan oʻzaro manfaatdorligini tasdiqladilar.
Oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun yangi yoʻnalishlarini oʻrganish boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.