Festival doirasida Xalqaro inklyuziv xab talabalarining haqiqiy hayotiy hikoyalari asosida sahnalashtirilgan "Yorug‘lik ovozlari" nomli sahna asari namoyish etildi. Spektakl jaz ijrolari bilan uyg‘unlashib, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, "Yakkalanishda" nomli immersiv ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga sukunat va ichki kechinmalar olamiga sho‘ng‘ish imkonini berdi.

Tadbir davomida "Mehrli maktab" loyihasi pedagoglari tomonidan Yangi yil o‘yinchoqlari, tabriknomalar va bilaguzuklar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

"Mehrli pochta" maydonchasiga tashrif buyurgan Birinchi xonim uzoq muddat davolanayotgan bolalarga samimiy va iliq tilaklarini yozib qoldirdi.