Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlganiga 30 yil toʻldi

    Xalqaro hamkorlik 2 Mart 2022 24959

    Birlashgan millatlar tashkiloti — dunyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan, jahon mamlakatlari integratsiyasida muhim oʻringa ega xalqaro tashkilot. Unga Oʻzbekiston 1992-yil 2-mart kuni, demokratik islohotlarning ilk bosqichlaridayoq teng huquqli aʼzo sifatida qabul qilingan.

    Bugun yurtimizda BMTning oʻndan ortiq dasturi, jamgʻarmasi va agentligi, jumladan, Taraqqiyot dasturi, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO), Aholi qatlamlari fondi (UNFPA), Xalqaro bolalar tashkiloti (UNISEF), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC), OIV/OITS boʻyicha qoʻshma dasturi (UNAIDS), Axborot va ijtimoiy aloqalar boʻyicha boʻlimi, Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy Komissar boshqarmasi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (UNIDO), Koʻngillilar dasturi (UNV) faoliyat olib bormoqda.

    Nyu-York va Jenevadagi BMT qarorgohlarida Oʻzbekistonning doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.