Oʻzbekiston BMTning Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish boʻyicha Hukumatlararo komissiya raisi etib saylandi

    Turizm 14 Dekabr 2024 598

    Joriy yil 12-dekabrda BMTning Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishning asosiy maqsadi sayyohlar xavfsizligini taʼminlash va turizm sohasini xalqaro miqyosda barqaror rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan kodeksni ishlab chiqishning asosiy jihatlarini muhokama qilishdan iborat boʻldi. Ishtirokchilar mamlakatlarga sayohat xavfsizligi bilan bogʻliq yangi xavf-xatar va tahdidlarga moslashish imkonini beradigan yagona standartni yaratish muhimligini taʼkidladilar.

    Yigʻilishda 50 mamlakat va BMT Turizm tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston raisligi toʻgʻrisida qaror bir ovozdan qabul qilindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi.