«Maks-2» rahbarlari E.Jumabaev va D.Sogindik, yurtdoshlarimiz bilan muloqot chog'ida tashkilot qurilish ob'ektlarida 100 dan ortiq O'zbekiston fuqarosi mehnat qilayotgani bildirildi. Ularga barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Bosh konsulxona xodimi O'zbekistonda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklar, «Ishga marhamat» mono markazlari faoliyati haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, vatandoshlarimizni bezovta qilayotgan muammolar, yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat xavfsizligi kabi masalalar bilan qiziqdi.

O'zbekistonlik mehnat migrantlari, o'z navbatida, mehnat me'yorlari yaxshi o'rnatilgani, ish va dam olish vaqtlari o'zaro ichki tartib qoida asosida belgilangani, oylik maoshlari  o'z vaqtida berib kelinayotganini ma'lum qildi.

Suhbatda Qozog'istonning mehnat migratsiyasiga oid qonunchilik me'yorlari va karantin qoidalariga qat'iy rioya qilinishi zarurligi ta'kidlandi. Fuqarolarimiz o'zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan konsulxonaga murojaat etishga chaqirildi.