Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manbasiga koʼra, konstruktiv muloqot chogʼida tomonlar ikki mamlakat oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlikning keng koʼlamli masalalarini muhokama qildi.
Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish dinamikasi yuqori baholandi.
Turkiya tomonidan Oʼzbekistonda islohotlarni ilgari surishda har tomonlama yordam koʼrsatishga tayyorlik bildirdi.
Erishilgan kelishuvlarni samarali roʼyobga chiqarish hamda oʼzaro hamkorlik shakllari va mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.