Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan manjumanida maʼlum qilindi.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda qayd etilishicha, shu yilning birinchi choragida elektron toʻlov tizimlari orqali 39,3 mlrd. soʻm kelib tushdi, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga (22,8 mlrd. soʻm) nisbatan 72 foizga oshdi.

Bugungi kunda 2 444 nafar nazoratchi ishga qabul qilinib, ular 2 368 ta (97 foiz) terminal va 2 587 ta (106 foiz) termoprinter bilan taʼminlangan.

Joriy yil I choragida pul undiruvi 349 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122 mlrd. soʻm yoki 54 foizga oshdi. Hududiy korxonalar tomonidan 63,5 mlrd. soʻm qarzdorlik fuqarolik va iqtisodiy sudlarga taqdim qilingan.

Markazlashgan ichimlik suvi xizmatlari mavjud boʻlgan 741 ta MFYdagi shartnomasiz ravishda ichimlik suvdan foydalanib kelayotgan 23343 ta isteʼmolchi (90932 aholi) aniqlandi va ular bilan “Suvtaʼminot” MCHJlar shartnomalar rasmiylashtirishga hamda 7826 mln. soʻm undirilishiga erishildi.