O'zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo'ldi

    Investitsiyalar 22 Noyabr 2021 1782

    O'zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan umumiy imtiyozlar tizimiga qo'shilgan birinchi davlat bo'ldi.

    Buning natijasida endi Buyuk Britaniyaga olib kirilayotganda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 7800 dan ortiq turdagi tovarlarga import boji belgilanmaydi.

    Kengaytirilgan GSP sxemasi O'zbekistonga 437 milliard funt sterling hajmga ega dunyoning beshinchi yirik iqtisodiyoti, dunyodagi eng internatsional iste'mol va chakana savdo bozoriga kirish imkonini beradi.

    O'zbekiston inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasidagi 27 ta asosiy xalqaro konventsiyani muvaffaqiyatli ratifikatsiya qilgani benefitsiar maqomini berish uchun omillardan biri bo'ldi.