Tadbirda taqdim etilgan birinchi mukofotga Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi munosib koʻrildi.

Tashkilotchilar Markaziy Osiyo mintaqasida yirik xokkey markaziga aylanishga intilayotgani, qolaversa, yangi infratuzilma yaratish hamda yoshlar orasida chim ustida xokkey sportini rivojlantirishning oʻziga xos modellari orqali sharoitlarni yaxshilash borasida ulkan saʼy-harakatlarni amalga oshirayotgani uchun mamlakatimiz chim ustida xokkey federatsiyasini Yevropa chim ustida xokkey federatsiyasining asoschisi va birinchi prezidenti Pablo Negre nomidagi mukofot bilan taqdirladi, deya xabar beradi Turizm va sport vazirligi axborot xizmati.

Umuman, FIHning 47-Kongressida jahonda chim ustida xokkey sportini rivojlantirish yoʻlida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan shaxslar hamda tashkilotlar eʼtirofga loyiq koʻrildi. Ular safida Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining ham borligi, Yangi Oʻzbekistonda sportni rivojlantirish borasida yangicha qarash shakllanayotgani va bu saʼy-harakatlar xalqaro sport tashkilotlari tomonidan yuksak darajada eʼtirof etilayotganidan darak beradi.