Ushbu gastrol` safar O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini keng nishonlashga qaratilgan tadbirlar doirasida, shuningdek Navro'z bayrami munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Hafta davomida o'zbekistonlik ijodkorlarning Seul, Tegu, Pusan, Kochang va Gumi kabi bir nechta shaharlarda qator tadbirlar o'tkazishi va kontsert dasturlarini namoyish etishi rejalashtirilgan.
Bu Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik Katta teatri jamoasining Koreya Respublikasiga qilgan dastlabki yirik gastrol safaridir.
Shu o'rinda qayd etish joiz, bugungi kunda davlatimiz tomonidan san'at va madaniyat rivojiga ulkan e'tibor qaratilmoqda. Ushbu e'tibor va g'amxo'rlik o'zbek opera san'atining jahon miqyosida tobora kengroq e'tirof etilishida muhim omil bo'lmoqda.