Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Braziliyaning Sao Paulo universiteti bilan hamkorlik qilmoqda

    OʻzDJTU rektori Ilhomjon Toʻxtasinov boshchiligidagi delegatsiyani Sao Paulo universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha direktori oʻrinbosari Professor Larissa Driemeier kutib oldi.

    2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi Samarqand shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Mazkur nufuzli tadbirni munosib oʻtkazish maqsadida koʻplab oliy taʼlim massalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oldiga Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqasi oʻrnatish vazifasi qoʻyilgan edi.

    Shu maqsadda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaga xizmat safari bilan bordi. Shu yilning 27-noyabr kuni OʻzDJTU delegatsiyasi Braziliyaning jahon reytinglarida yuqori oʻrin egallagan Sao Paulo universitetiga tashrif buyurdi.

    OʻzDJTU rektori Ilhomjon Toʻxtasinov boshchiligidagi delegatsiyani Sao Paulo universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha direktori oʻrinbosari Prof, Dr, Larissa Driemeier kutib oldi.

    Tashrif doirasida ikki universitet vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Suhbat chogʻida turli tashkiliy masalalar, jumladan, Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan YUNESKO 43-sessiyasida mezbonlarning ishtiroki kabilar boʻyicha oʻzaro fikrlar almashildi. Shuningdek, Oʻzbekiston tashabbuslari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

    Tashrif doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori professor I.Toʻxtasinov soʻzga chiqib, ikki universitet oʻrtasidagi mustahkam aloqalar haqida soʻzlab oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston taʼlim tizimidagi islohotlar va chet tillarning oʻqitilishi haqida soʻz yuritdi.

    Tadbir davomida OʻzDJTU haqidagi videorolik namoyish etildi, hamda delegatsiya aʼzolari tomonidan Oʻzbekistonning buyuk shaxslari haqida maʼlumot berib oʻtildi. Tadbirdan Oʻzbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid koʻrgazma materiallari namoyishi, Oʻzbekiston bayrogʻi, milliy liboslar, soʻzana, hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

    Ishtirokchilarga patir, shirinliklar, quruq mevalar taklif qilindi.

    Milliy taomimisiz boʻlgan palov tayyorlanib, ishtirokchilarga tortiq etildi.

    Maʼlumot oʻrnida: QS World rankingʻda 92-oʻrinni zabt etgan Sao Paulo universiteti 1934-yil 25-yanvarda tashkil topgan. Hozirgi kunda 100 mingdan ortiq talabalarga tahsil berayotgan Sao Paulo universitetida koʻplab Nobel nomzodlari, milliy Kongressi aʼzolari, asoschilari va mashhur Braziliya kompaniyalar rahbarlari, jamiyatda muhim oʻrin egallagan shaxslar taʼlim olgan.
    Shuningdek, Sao Paulo universiteti Braziliyaning eng yirik tadqiqot muassasalari qatoriga kiradi. Yuqori sifatli konferensiya va jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalarning 25 foizdan ortigʻini mazkur universitet tadqiqotchilariga tegishli.