Uchrashuvda Oʻzbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining 2023-yilda muvaffaqiyatli oʻtkazilgan I mavsumi sarhisob qilindi va dasturning II mavsumini amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.
Xususan, dastlabki bosqichda soha mutaxassislari va ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish, tanlov kategoriyalarini aniqlash, assessorlarni tayyorlash boʻyicha BAA tomonidan uslubiy koʻmak koʻrsatilishiga kelishildi.
Shuningdek, dastur gʻoliblari uchun BAAda stajirovka tashkil qilish, kelgusida Oʻzbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining onlayn platformasini yaratish boʻyicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.