To'qqizinchi marotaba o'tayotgan ko'p ovozlik jamoalar festivalida bu yil O'zbekiston davlat simfonik orkestrining Xor jamoasi ham ishtirok etdi. 

Jeju xalqi bilan xor qo'shiqlar jozibasini baham ko'rish uchun Koreyaning eng ko'rkam orolida dunyoning nufuzli jamoalari birlashdi. Bu yilgi xalqaro xor festivaliga dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan nomdor xor jamoalari taklif qilindi.  Indoneziya xor birlashmasi “Indoneziya”, Ningbo xori “Xitoy”, Astana filarmoniyasi xor jamoasi “Qozog'iston”, Vankuver yoshlar xori “Kanada”, Filipin Madrigal jamoasi “Filipin”, Singapur ovozi YOshlar xori “Singapur”, O'zbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi “O'zbekiston”, Balta xori “Latviya” shular jumlasidandir. 

Bundan tashqari Koreya Respublikasining ko'zga ko'ringan Xor jamoalari ishtirok etdi. Tadbir Jeju shahri homiyligi bilan Jeju xalqaro xor festivali badiiy rahbar Xi Chol Kim tashkiliy qo'mitasi tomonidan uyushtirildi. 

O'zbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi dunyoning ko'zga ko'ringan jamoalari bilan bir sahnada O'zbek san'atining ko'p ovozlik asarlarini namoyish etishdi.

- Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz nufuzini xalqaro maydonlarda yanada yuksaltiradi, - deydi  O'zbekiston davlat Konservatoriyasi Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Yulduz Xusnitdinova. - Tadbirda ishtirok etgan yoshlarimiz kelajakda etuk san'atkorlar bo'lib etishishlariga ishonaman. 

Yaxshi ma'nodagi ijodiy bellashuv katta tajriba va katta maqsadlarga, soha rivoji yo'lidagi qo'yilgan yana dadil qadam qadam sifatida ko'rildi.

Zero, san'atda til, irqning ahamiyati yo'q – uning asosiy maqsadi ezgulik, yaxshilik!