Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻoniston boʻyicha donorlik konferensiyasida ishtirok etadi

    Xalqaro hamkorlik 30 Mart 2022 969

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Vladimir Norov joriy yil 31-mart kuni BMT shafeʼligida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha donorlik konferensiyasida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalar boʻyicha koordinatori boshqarmasi muvofiqlashtiruvida Qatar, Buyuk Britaniya, Germaniya hukumatlari va BMT ushbu tadbirning tashkilotchilari hisoblanadi.

    Ishtirokchilar Afgʻoniston boʻyicha hamkorlik, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, gumanitar inqirozni bartaraf etish masalalarini muhokama qilishadi.