Oʻzbekiston delegatsiyasi Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    Turizm 2 Aprel 2024 1009

    Joriy yil 27-28-mart kunlari Oʻzbekistonning turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiyasi Turkmanistonda xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

    Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan konferensiya «Turkmanistonda turizmni rivojlantirishning asosiy yoʻnalish va imkoniyatlari» mavzusida oʻtkazildi.

    Konferensiya ishtirokchilari Oʻzbekiston turizm sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlarga va investorlarga berilgan imtiyozlar hamda istiqbolli yoʻnalishlar bilan tanishtirildi.

    Oʻzbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini xorijda targʻib etish va sayyohlar oqimini koʻpaytirishga qaratilgan turizm sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.