Tadbirda ishtirok etgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov o‘z ma’ruzasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va uning mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlardagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Muloqot davomida davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Strategiyaning eng muhim chora-tadbirlarini o‘zida aks ettirgan risola va nashrlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirda Vengriya tomoniga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardagi rolini oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, vengriyalik hamkorlar mamlakatimizda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi hamda o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni jadallashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.