Yigʻilishda Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, BAA, Maldiv Orollari va boshqa davlatlardan sobiq va amaldagi turizm administratsiyalari rahbarlari, Yevrokomissarlar, Yevroparlament aʼzolari, hamda turizm sohasi bilan shugʻullanadigan qator xalqaro tashkilotlar vakillari bevosita va onlayn qatnashdilar.
Oʻzbekiston tomoni ishtirokchilarni oxirgi yillarda mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalari, jumladan, barqaror turizmni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targʻib qiluvchi burchak tashkil etildi, qator videoroliklar namoyish etildi.
Tashrif chogʻida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.