O’zbekiston delegatsiyasi II MDH o’yinlarida ilk oltin medalini qo’lga kiritdi!

    Sport 5 Avgust 2023 986

    Belarusda o’tkazilayotgan II MDH o’yinlaridan xushxabar. O’zbekiston delegatsiyasi dastlabki medaliga ega chiqdi.

    Og’ir atletikachimiz Og’abek Nafasov -55 kg vazn toifasida kechgan bahsda eng yuqori natija ko’rsatib, oltin medalga sazovor bo’ldi.

    Yurtdoshimiz dast ko’tarishda 110 kg, siltab ko’tarishda 130, ikki kurash hisobida esa 240 kg natija qayd etdi.