Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Umarov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi yalpi majlisda onlayn rejimda ishtirok etdi.
Ushbu tadbir doirasida ilk bor Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhiga aʼzo davlatlar parlamentlari tegishli qoʻmitalari vakillarining Forumi boʻlib oʻtdi. Uning ishida Qozogʻiston Respublikasi, Turkmaniston, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi parlamentlari vakillari ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilari jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalarini, Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhiga aʼzo mamlakatlar tajribasi va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tahlilni muhokama qildi.
Parlament aʼzolari oʻz chiqishida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning oʻzaro hamkorligi amaliyoti yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Xususan, N.Umarov oʻz nutqida jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarga alohida toʻxtaldi, shuningdek, mustahkam huquqiy va institutsional bazani yaratish, parlament va ijro etuvchi hokimiyat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tajribasi, Yevroosiyo hududida parlamentlar oʻrtasida konstruktiv muloqotni taʼminlash boʻyicha takliflar haqida soʻz yuritildi.
Forum ishtirokchilari jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyalarni amalga oshirish va qonun hujjatlarini qabul qilishda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba va ilgʻor tajriba almashish maqsadida birgalikdagi ishlarni shu kabi koʻp tomonlama formatda muntazam davom ettirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Forum yakunlari boʻyicha mamlakatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish va “jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish” milliy tizimlarini takomillashtirish nuqtayi nazaridan hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi rezolyutsiya qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.