Konferensiya dinlararo munosabatlarning global rivojlanish tendensiyasini aniqlash va butun dunyoda diniy erkinlikni taʼminlash muammolarini hal qilish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni birlashtirishga bagʻishlangan.
Anjumanda 100 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 700 nafar vakil qatnashdi.
Adliya vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, konferensiya doirasida Oʻzbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha davlat vaziri, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mazkur konferensiyaning inson huquqlari boʻyicha asosiy xalqaro hujjatlar gʻoyalari tarafdori boʻlgan Oʻzbekiston uchun muhimligini taʼkidlandi, Lord Tariq Ahmadga mamlakatimizda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Lord Tariq Ahmad Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda din erkinligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholashini taʼkidladi. Ushbu sohadagi xolis holat haqidagi dolzarb maʼlumotlarni muntazam ravishda almashish maqsadida Britaniya tomonining Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyaning diniy muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdorligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Lord Ahmad Birlashgan Qirollik fuqarolarini Afgʻonistondan evakuatsiya qilishning samarali va oʻz vaqtida tashkil etilgani uchun Oʻzbekiston tomoniga alohida minnatdorlik bildirdi.