Jumladan, delegatsiya rahbarining Yaponiya “Japan international training Cooperation Organzatinon” (JITCO) vitse-prezidenti Shigeo Matsumoti, sogʻliqni saqlash, bandlik va farovonlik vaziri Katsunobu Kato, Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi oʻrinbosari Yumi Yosikava, Yaponiya taʼlim vazirligi vitse-prezidenti Yumi Yosikava va Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti Taro Aso, moliya vaziri Shunichi Suzuki bilan muzokaralari tashkil etildi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda tegishli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Yaponiya Kichik va oʻrta korxonalar tashkiloti va Innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash mintaqaviy tashkiloti (SME Support Japan) raisi Aitsusi Toynaga, Yamagata universiteti Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati hamda Yaponiyadagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri — “Shimizu Corporation” vakillari bilan oʻzaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Mamlakatimiz vakillari, shuningdek, Yaponiyaning eng yirik “JA Group” kooperativ birlashmasining Obu shahridagi markazi va “Dehqon bozori” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunlari boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, delegatsiyalar almashuvini yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Maʼlumot uchun: Tashrif bilan Yaponiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi “Toyota Motor Corporation” kompaniyasining Sharqiy Osiyo, Okeaniya va Yaqin Sharq mintaqasidagi bosh ijrochi direktori Akitoshi Takemura bilan uchrashgandi.

Mazkur uchrashuvda kompaniya bosh ijrochi direktori Akitoshi Takemura yaqin kelajakda mamlakatimiz avto bozoriga “Toyota” avtomobillarining yangi modeli taqdim etilishini maʼlum qilgandi.