Bugun, 30-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Ekologik partiyasining navbatdan tashqari IV Syezdi boʻlib oʻtdi. 

Syezdda Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich nomzodi qoʻllab-quvvatlandi.  

Shuningdek, Syezdda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich oʻzining saylovoldi dasturi asosiy yoʻnalishlarini delegatlar eʼtiboriga havola qildi.