Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

Xitoy – 642,0 million;

Turkiya – 528,5 million;

Rossiya – 495,3 million;

Qozogʻiston – 338,3 million;

Afgʻoniston – 234,0 million;

Qirgʻiz R. – 195,7 million;

Tojikiston – 121,9 million;

Kanada – 65,7 million;

Eron – 62,9 million;

Ukraina – 55,0 million AQSH dollari.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning jami eksport hajmi 3,5 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan.