Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:
Xitoy – 1,3 milliard;
Rossiya – 1,0 milliard;
Turkiya – 988,5 million;
Qozogʻiston – 655,1 million;
Qirgʻiz R. – 413,1 million;
Afgʻoniston – 404,6 million;
Tojikiston – 242,1 million;
Eron – 114,4 million;
Kanada – 109,3 million;
Ukraina – 101,7 million AQSH dollari.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonning jami eksport hajmi 8,1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan.