Suhbat davomida Iroq rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga birinchi bor mamlakatga elchi tayinlagani uchun minnatdorchiligini bildirdi. Mazkur qaror O‘zbekiston-Iroq aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.