“Dunyo” AAning xabar berishicha, marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbatda Valiahd Buyuk Gersog Oʻzbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Muloqot chogʻida, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Suhbat soʻngida Lyuksemburg Valiahd Buyuk Gersogi Oʻzbekiston elchisini masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Gʻayrat Fozilov Oʻzbekistonning Belgiyadagi, shuningdek, oʻrindoshlik asosida Niderlandiya va Lyuksemburgdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi vakolatxonalari rahbari hisoblanadi. 2023-yil 5-dekabrda diplomatik missiyasini bajarish uchun Bryusselga yetib kelgan. Belgiyaga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.