Rasmiy marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, aloqa va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Ozarbayjon rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi deyarli barcha sohalar va yo‘nalishlarni qamrab olgan munosabatlar izchil va jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Bularning barchasi uchun oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot o‘rnatilganini ta’kidladi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.