Suhbat davomida Bosh direktor Oʻzbekiston va YUNIDO oʻrtasidagi soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuqori baholadi.

Li Yong soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar YUNIDO bilan hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochib bergani va Oʻzbekiston ehtiyojlariga javob beradigan turli xil loyihalarni, shu jumladan, mustahkam infratuzilma yaratishni hamda umumiy va barqaror sanoatlashtirishni ilgari surishga keng imkoniyatlar ochib berganini taʼkidladi.

Aniq loyihalarni amalga oshirishda YUNIDO va Oʻzbekiston oʻrtasida yuqori darajadagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda YUNIDO barqaror tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportga yoʻnaltirilgan savdo, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish, inkubator korxonalarini qurish va boshqa sohalarda mintaqada va mamlakatimizda turli loyihalarni amalga oshirish orqali oʻz faoliyatini faol ravishda kengaytirmoqda.

Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston va YUNIDO oʻrtasidagi kelgusidagi hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi Qoʻshma deklaratsiya va u boʻyicha harakatlar rejasi loyihalarini tayyorlash jarayonidan mamnun ekanliklarini maʼlum qildilar.

Ushbu hujjat imzolanishi tomonlarning yaqin kelajakdagi oʻzaro aloqalarining aniq yoʻnalishlarini belgilab berishi va ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishi taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.