Jumladan, insonlar hayotini qutqarayotgangiz uchun #rahmat! loyihasi doirasida o'zbek milliy taomi Moskva shahrining turli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan ko'p sonli rossiyalik shifokorlarga tarqatildi.

O'zini o'zi yakkalash tartibiga amal qilayotgangiz uchun #rahmat! shiori ostida Rossiya poytaxtidagi hostellarda charter reyslari tashkil etilgunga qadar elchixona tomonidan joylashtirilgan o'zbekistonliklarga osh etkazib berildi. SHuni qayd etish joizki, o'zbekona palov tarqatilgan vatandoshlarimiz orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib, Rossiya hukumati talablariga binoan, o'zini o'zi yakkalash tartibiga otgan hamda shifokorlar nazorati ostida davolanayotgan fuqarolarimiz ham mavjud. #Rahmat! aksiyasi O'zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning "Saxovat va ko'mak" tashabbusi doirasida vatandoshlarimizga yordam berish maqsadida olib borilayotgan ishlarning davomi boldi.

Har kuni mehnat migrantlariga, talabalarga va boshqa fuqarolarimizga oziq-ovqatlar, dori-darmonlar va gigiena vositalari etkazib berilishi yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston diplomatik vakolatxonalari saxiy homiylarga va barcha do'stlarga koronavirus infeksiyasi bilan birgalikdagi kurashga berayotgan yordami uchun minnatdorlik bildiradi.