Ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun Oʻzbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan Oʻzbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni soʻrab tegishli nota yubordi.

Oʻzbekiston Respublikasining Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi, shuningdek, Olma-ota va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari Qozogʻiston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.