RDU rahbariyati va professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu oliy oʻquv yurtining Oʻzbekiston neft va gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonidagi muhim roli qayd etildi.
Energetika vaziri yoqilgʻi-energetika kompleksining mazkur filial bilan oʻzaro yaqin aloqalari, talabalar bilan oʻtkazgan uchrashuvlari, neft-gaz sohasini rivojlantirish uchun ularning istiqbolli loyihalari va innovatsion gʻoyalarining muhokamasi haqida soʻzlab berdi.
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti vakillari oʻz tomonidan talabalarning novatorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkentdagi filial bilan hamkorlikdagi loyihalarga, oʻzaro aloqalarga hamda oʻzaro tajriba va innovatsiyalar almashinuviga katta qiziqish bildirdi.
Qayd etib oʻtamiz, RDUning Toshkentdagi filiali I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining alohida tuzilmaviy boʻlinmasi hisoblanadi. Unda barcha darajadagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Rossiya davlat neft va gaz universitetida qabul qilingan taʼlim dasturlariga muvofiq respublikaning neft-gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.