O‘zbekiston Energetika vaziri UNIDO bosh direktori bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov BMTning sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (UNIDO) bosh direktori Gerd Myuller bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda bugungi kunda UNIDO bilan ko‘plab sohalarda faol hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, to‘qimachilik sanoati va kichik iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, sanoat bo‘yicha investisiya loyihalariga moliyalashtirishni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, istiqbolda energetika sohasida ham keng ko‘lamli ishlarni tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.