Joriy yilning 10-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari boʻyicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida taʼkidlandi.
Muloqotda shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.