Oʻzbekiston Eronga qarshi toʻliq oq libosda oʻynaydi

    Shu yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining soʻnggi uchrashuvida Eronga qarshi tup suradi.

    Qayd etilishicha, mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda maydonga tushadi.

    Uchrashuv 19-fevral Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da Shenchjendagi “Yoshlar futbol bazasi” 1-maydonida start oladi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq U-20 Osiyo Kubogining 2 tur doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziya ustidan 1:3 hisobda gʻalaba qozongandi.