Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida mamlakatimiz Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmati va ezgu tilaklarini izhor etib, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirmoqda, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilamoqda.

 

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;

Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;

Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammаd bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid ol Nahayon;

Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

 Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.