Unda savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlar hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari oʻrtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishda Latviya portlari orqali oʻtadigan yoʻnalishning ahamiyati ortib boryapti. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda yigʻilishda Latviya port infratuzilmasi salohiyatidan samarali foydalanish bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqildi.
Latviya transport vazirligi jamoat transporti departamenti boshligʻi Anniya Novikova oʻzaro hamkorlik doirasida oʻzbek milliy tashuvchilari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda tomonlar Latviya portlari orqali yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etish boʻyicha maxsus ruxsatnoma blankalarini taqdim etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Shuningdek, 2024-yil uchun oʻzaro almashiladigan ruxsatnomalar kvotasi belgilab olindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.