Delegatsiyalarga Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Filippin Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Tereza Lazaro boshchilik qilishdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Filippin munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Muntazam siyosiy muloqot va madaniy hamkorlikni kengaytirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi bildirildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama etildi. Filippin tomoni qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va turizm sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga qiziqish bildirdi.
Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi va ayrim mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.