2021-yil 17-iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Kelishuvni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.
Ushbu Kelishuvga muvofiq, endilikda ikki davlat fuqarolari oʻzaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyida roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya hududiga kirgandan soʻng 15 kun davomida roʻyxatdan oʻtmasa, bu javobgarlikka tortilishga sabab boʻlishi mumkin.
Kelishuv ratifikatsiya qilinishiga qadar bu muddat oʻzbekistonliklar uchun 7 kun, rossiyaliklar uchun esa 3 kun edi.