Unda O‘zbekistonda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan, kasb va chet tillariga o‘qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berilib, yurtdoshlarimizni Germaniyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda “OPASCA GmbH” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniyaga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnoma doirasida fuqarolarni tibbiyot sohasining hamshiralik yo‘nalishi bo‘yicha ishga yuborish ko‘zda tutilmoqda.