Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga yetib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelinadi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozogʻiston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilgan holda bajarilmoqda.