Oʻzbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlandimi?

    Xalqaro hamkorlik 28 Aprel 2025 895

    Oʻzbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlarga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

    TIV axborot xizmati xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.

    Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi mavjud vizasiz tartib oʻz kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday maʼlumot bermagan.

    Faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.