Oʻzbekiston fuqarosi yongʻinda jarohatlandi

    Tashvishli xabar 9 Noyabr 2020 908

    Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining maʼlumotiga koʻra, 2020-yil 7-noyabrda Samara viloyati, Samara shahri, Promishlennost koʻchasi 33-uy yonib ketgan.

    Yongʻin natijasida 5 nafar odam jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. Jarohatlanganlardan biri Oʻzbekiston fuqarosi N.I.Pirogov nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Tashxis – is gazidan zaharlanish, boshning yumshoq toʻqimalari lat yeyishi.

    Vafot etganlarning shaxsi aniqlanyapti.

    Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari tergov harakatlarini olib boryapti. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, hamda vakolatli organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

    Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi va Rossiyaning Volgaboʻyi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm oʻlkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini maʼlum qiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.